Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida shaxmat-shashka musobaqasi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 18-aprel kuni Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida talaba-yoshlar o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Mazkur tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning mantiqiy fikrlash salohiyatini oshirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqada texnikumning turli guruhlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar faol ishtirok etishdi. Shaxmat va shashka bellashuvlari qizg‘in va murosasiz ruhda kechdi. Ishtirokchilar o‘zlarining bilim va mahoratlarini namoyish etib, ko‘plab tomoshabinlarga zavq baxsh etdilar.



