📌 Xitoyning Sichuan kolleji hamkorligida qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yilmoqda

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi vakillarining ilgari Xitoyga tashrifi chog‘ida Sichuan arxitektura va texnologiya kolleji bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

🤝 Bugun esa ushbu kelishuv asosida hamkorlikning amaliy bosqichi boshlab yuborildi. Texnikumda Xitoy bilan o’tkazilgan onlayn hamkorlik yig‘ilishida tomonlar arxitektura va qurilish yo‘nalishida kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi ishlab chiqishga kirishdi.

🎓 Ushbu dastur doirasida o‘quvchilar:
🔹 2 yil – Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida (O‘zbekiston),
🔹 1 yil – Sichuan arxitektura va texnologiyalar kollejida (Xitoy) tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📄 Dastur yakunida o‘quvchilar ikki davlat tomonidan tan olingan diplomga ega bo‘ladilar. Bu esa bitiruvchilarning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlaydi.

📚 Mazkur tashabbus ikki mamlakat o‘rtasidagi kasbiy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlab, yosh avlodga zamonaviy va global mehnat bozoriga mos bilim va ko‘nikmalarni berishga xizmat qiladi.

🤝 Yig‘ilishda ikki tomonning vakillari — Dong Simeng (Sichuan kolleji) va Liu Chao (Xitoy–O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi alyansi Bosh kotibi) hamda S.Qo’ziboyev (Sirdaryo viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi sho’ba mudiri), I.Boydavlatov (texnikum direktori)ishtirok etdilar.

🎓 2025-2026 o‘quv yili uchun QABUL BOSHLANDI!

📅 1-iyuldan start!

📍Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi

✅ 9-sinf bitiruvchilari asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quvchilarni qabul qiladi:

🔹 Kompyuter tizimlarida dasturlash
🔹 Payvandlovchi
🔹 Tikuvchi
🔹 Avtomobillarni taʼmirlash va ularga xizmat ko‘rsatish
🔹 Elektromontajchi-sozlovchi
🔹 Oqava suv va suv taʼminoti tizimlaridan foydalanish va montaj qilish ustasi
🔹 Mehmonxona xo‘jaligi mutaxassisi
🔹 Mebel ishlab chiqarish

📌 Qabul my.edu.uz platformasi orqali 1-iyuldan 20-iyulga (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

⏳ Kasb o‘rgan, hayotga dadil qadam qo‘y!

📲 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📍 Manzil: Guliston shahar, Bog’ishamol mahallasi, O’zbekiston shox ko’chasi 71-uy
📞 Telefon: +998915001534

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi — Xitoyda!

🔹 Joriy yilning 10–15 iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasida ilk bor tashkil etilgan “O‘zbekiston–Xitoy kasbiy taʼlim forumi” doirasida yurtimiz kasbiy taʼlim tizimi uchun muhim tarixiy voqea ro‘y berdi.

🌍 Ushbu nufuzli xalqaro forumda Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi direktori I.Boydavlatov ishtirok etdi va texnikum nomidan “Sino-Uzbek Workshop” — yaʼni **“O‘zbekiston–Xitoy o‘quv ustaxonasi”**ni tashkil etish bo‘yicha **Anglashuv Memorandumi (MoU)**ni imzoladi.

📑 Ushbu memorandum asosida:
🔸 Xitoy tomoni — ilg‘or kasbiy taʼlim dasturlari, texnik meʼyorlar va o‘qituvchilar bilan;
🔸 O‘zbekiston tomoni — zamonaviy infratuzilma va o‘quvchi-yoshlarni tayyorlash masʼuliyatini oladi.

🎯 Maqsad — xalqaro standartlarga mos malakali mutaxassislar tayyorlash, texnologiyalar almashinuvi, va Xitoy sarmoyasi bilan ishlayotgan korxonalar uchun mahalliy kadrlar zaxirasini shakllantirishdir.

📌 “Sino-Uzbek Workshop” loyihasi orqali texnikumimizda zamonaviy kasblar bo‘yicha o‘quv, amaliyot va innovatsion markazlar tashkil etiladi.

🔰 Yurtimiz kasbiy taʼlim tizimi global maydonga dadil qadam qo‘ymoqda!

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda! 🌷🌿

Texnikum hududida bahoriy yangilanish va chiroy ochish maqsadida 3 000 donadan ortiq turli xil gul ko‘chatlari ekildi.

Hudud bo‘ylab gullar bilan bezatilgan joylar tashkil etilib, muassasa atrofi yanada fayzli va jozibador tus oldi.

Yaratilgan manzara ta’lim maskaniga zamonaviylik va go‘zallik baxsh etib, o‘quvchilar uchun ko‘ngildagidek muhitni ta’minlamoqda.

📣 Xalqaro seminar: Kasbiy taʼlimda samaradorlikni oshirish yo‘lida

2025-yil 13–15-may kunlari “Helvetas Swiss Intercooperation”ning Oʻzbekistondagi filiali tomonidan “Oʻzbekistonda kasbiy taʼlim islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” (VET4UZ) loyihasi doirasida “Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilarini o‘qitish samaradorligini oshirish” mavzusiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

📍 Tadbir Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanidagi “Aster” mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.

🔰 Mazkur nufuzli seminarda Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi direktori I.Boydavlatov ishtirok etdi.

Seminar davomida o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish, o‘quv jarayonini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish masalalari keng muhokama qilindi.

🔎 Ushbu tashabbus mamlakatimizda kasbiy ta’lim sifatini oshirishga, o‘qituvchilarning salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

O’QISHGA MARHAMAT !

O‘qish muddati- 2 yil

Kunduzgi ta’lim dual ta’lim

Davlat granti hamda to’lov kontrak asosida
➖*9 – *11-Sinf bitiruvchilari negizida

Batafsil: https://pubhtml5.com/tuutk/qbns/

✅*Texnikum ta’lim dasturlarini o’zlashtirib kerakli kredit ballarini to’plagan bitiruvchilar o’z yo’nalishi bo’yicha oliy ta’lim muassasasiga ikkinchi bosqichdan o’qishga kirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

🏢Bizning manzil: Guliston shahar, Bog’ishamol MFY, O’zbekiston shox ko’chasi

📞Murojaat uchun telefon raqamlar:
+998 91 500 15 34
+998 99 470 77 96


ПРИГЛАШАЕМ НА ОБУЧЕНИЕ!

➖ *Срок обучения – 2 года
➖ *Очная форма обучения (дуальное образование)
➖ *На основе государственного гранта и платного контракта
➖ *На базе выпускников 9-х и 11-х классов

Подробнее: https://pubhtml5.com/tuutk/qbns/

✅ *Выпускники, освоившие образовательные программы техникума и набравшие необходимые кредитные баллы, получают возможность поступить на второй курс в высшее учебное заведение по своему направлению.

🏢 Наш адрес: г. Гулистан, Махалля Боғишамол, проспект Узбекистон

📞 Контактные телефоны:
+998 91 500 15 34
+998 99 470 77 96

“Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

2025-yil 1-may kuni Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda texnikumning professor-o‘qituvchilari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullar hamda o‘quvchilar faol ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlar ongida ma’naviy immunitetni shakllantirish, ularni turli yot g‘oyalardan ogoh etish, ekstremizm va radikalizm kabi salbiy illatlarga qarshi mafkuraviy barqarorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Davra suhbati davomida ma’ruzachilar tomonidan ilm-ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, yoshlarning tafakkurini boyitish, ularni sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirish borasida chuqur fikrlar bildirildi. Ta’kidlandiki, bugungi globallashuv davrida yoshlarni milliy g‘oyaga sodiq, vatanparvar ruhda tarbiyalash – eng muhim vazifalardan biridir.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va ularning har biriga batafsil javoblar berildi. Suhbat erkin va samimiy ruhda o‘tdi.

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida shaxmat-shashka musobaqasi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 18-aprel kuni Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida talaba-yoshlar o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Mazkur tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning mantiqiy fikrlash salohiyatini oshirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.

Musobaqada texnikumning turli guruhlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar faol ishtirok etishdi. Shaxmat va shashka bellashuvlari qizg‘in va murosasiz ruhda kechdi. Ishtirokchilar o‘zlarining bilim va mahoratlarini namoyish etib, ko‘plab tomoshabinlarga zavq baxsh etdilar.

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi ta’lim darajalari to‘g‘risida maktab bitiruvchilari uchun master-klass o‘tkazdi

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi tomonidan yoshlarda kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ularni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish maqsadida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Jumladan, Guliston shahridagi 7 va 9-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lib o‘tgan ushbu master-klassda texnikum direktori I.Boydavlatov bitiruvchilariga O‘zbekiston ta’lim tizimidagi bosqichlar, kasb-hunar ta’limining o‘rni, imkoniyatlari hamda texnikumda mavjud yo‘nalishlar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Tadbir davomida:
➖Texnikumda mavjud yo‘nalishlar, qabul jarayoni, o‘qish muddati haqida ma’lumotlar berildi;
➖Bitiruvchilarning savollariga atroflicha javob qaytarildi;

Shu kabi targ‘ibot ishlari Sirdaryo viloyatidagi boshqa maktablarda ham davom ettirilmoqda.

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida targ‘ibot ishlari olib borildi.

📆 2025-2026-o‘quv yili qabuli doirasida Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi qabul bo‘yicha mas’ullari tomonidan belgilangan yo‘nalishlar va dual ta’lim tizimi bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

Ushbu jarayonda viloyat Xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli umumta’lim maktablarida texnikumga o‘quvchilarni jalb qilish maqsadida tushuntirish ishlari tashkil etildi.

Shuningdek, texnikumda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazish rejalari Xalq ta’limi boshqarmasi bilan kelishib olindi.