Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida “Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi O’RQ-957 son Qonunining mazmun-mohiyati mavzusida tadbir tashkil etildi.
Mazkur Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining, Sport vazirligining, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining nomlanishi va vakolatlari, shuningdek Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining nomlanishi aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Tadbirda ushbu qonunning mazmun-mohiyati borasida tinglovchilarga ma’lumotlar berildi. Tadbirda ishtirok etgan professor-oʻqituvchilar va talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.


