Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida “Master-klass va ochiq darslar” o‘tkazildi

2025-yil 18-fevral kuni Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida “Master-klass va ochiq darslar” tashkil etildi.

Tadbirda Guliston politexnikumi, Guliston agrotexnologiyalar texnikumi hamda Guliston Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi pedagogik jamoalari ishtirok etdilar.

Ochiq darslar davomida o‘qituvchilar tomonidan innovatsion pedagogik texnologiyalar qo‘llanilishi, o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish tajribasi namoyish etildi. Ishtirokchilar dars jarayonlarini kuzatish orqali ilg‘or tajribalar bilan tanishib, o‘zaro fikr va tajriba almashdilar.

Mazkur tadbir texnikumlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, pedagoglarning malakasini oshirish hamda ta’lim sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.