Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida “Kitob bilan hamnafas” marafoni doirasida kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida Axborot-resurs markazi rahbari tashabbusi bilan “Kitob bilan hamnafas” marafoni doirasida navbatdagi kitob taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbirda texnikum bo‘lim boshlig‘i Abdullayeva Dildora Og Mandinoning “Eng buyuk savdogar” nomli kitobini taqdim etdi. U mazkur asarning mazmun-mohiyati, inson hayotiga ta’siri hamda undagi asosiy g‘oyalar haqida so‘z yuritdi.
Taqdimotda texnikum xodimlari va o‘quvchilar ishtirok etib, kitob haqidagi ma’lumotlarni katta qiziqish bilan tinglashdi. Tadbir yakunida bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish rejalashtirildi.




