Elektrogazpayvandlash yoʻnalishi tinglovchilari ishlab chiqarish amaliyotida

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi qoshidagi Malakali mutaxassislar tayyorlash markazida o‘quv markazining «Elektrogazpayvandlash» yo‘nalishida tahsil olayotgan 12-nafar tinglovchi «Sirdaryo Payvandchi» MChJ va «Sirdaryo Motor Serviss» MChJ korxonalarida ishlab chiqarish amaliyoti mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

Amaliyot jarayonida tinglovchilar real ish sharoitida payvandlash texnologiyalarini o‘rganib, metall konstruksiyalarni biriktirish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish va zamonaviy payvandlash uskunalaridan foydalanish bo‘yicha tajriba orttirmoqdalar. Mazkur mashg‘ulotlar ularning kelgusida malakali mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.