Sirdaryo nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi bilan dual ta’lim bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi va Sirdaryo nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi o‘rtasida «Nasos stansiyalari va nasos qurilmalari» kasbi bo‘yicha 27 nafar talabani dual ta’lim asosida o‘qitish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mazkur hamkorlik natijasida talabalarga sohaga oid amaliy bilim va ko‘nikmalarni bevosita ishlab chiqarish jarayonida o‘zlashtirish imkoniyati yaratiladi. Bu esa ularning kasbiy mahoratini oshirishga va kelajakda ish bilan ta’minlanishiga mustahkam zamin yaratadi.

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi va Sirdaryo meliorativ ekspeditsiyasi o‘rtasida «dual ta’lim» bo‘yicha kelishuvga erishildi

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi va Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufidagi Sirdaryo meliorativ ekspeditsiyasi o‘rtasida «Sug‘oriladigan yerlar melioratsiyasi tizimlari» kasbi bo‘yicha dual ta’lim asosida 16 nafar o‘quvchini o‘qitish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mazkur hamkorlik natijasida o‘quvchilar nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, sohaga oid ko‘nikmalarni bevosita ishlab chiqarish jarayonida o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.