Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida shaxmat-shashka musobaqasi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 18-aprel kuni Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida talaba-yoshlar o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Mazkur tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning mantiqiy fikrlash salohiyatini oshirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.

Musobaqada texnikumning turli guruhlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar faol ishtirok etishdi. Shaxmat va shashka bellashuvlari qizg‘in va murosasiz ruhda kechdi. Ishtirokchilar o‘zlarining bilim va mahoratlarini namoyish etib, ko‘plab tomoshabinlarga zavq baxsh etdilar.

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi ta’lim darajalari to‘g‘risida maktab bitiruvchilari uchun master-klass o‘tkazdi

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi tomonidan yoshlarda kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ularni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish maqsadida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Jumladan, Guliston shahridagi 7 va 9-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lib o‘tgan ushbu master-klassda texnikum direktori I.Boydavlatov bitiruvchilariga O‘zbekiston ta’lim tizimidagi bosqichlar, kasb-hunar ta’limining o‘rni, imkoniyatlari hamda texnikumda mavjud yo‘nalishlar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Tadbir davomida:
➖Texnikumda mavjud yo‘nalishlar, qabul jarayoni, o‘qish muddati haqida ma’lumotlar berildi;
➖Bitiruvchilarning savollariga atroflicha javob qaytarildi;

Shu kabi targ‘ibot ishlari Sirdaryo viloyatidagi boshqa maktablarda ham davom ettirilmoqda.

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida targ‘ibot ishlari olib borildi.

📆 2025-2026-o‘quv yili qabuli doirasida Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi qabul bo‘yicha mas’ullari tomonidan belgilangan yo‘nalishlar va dual ta’lim tizimi bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

Ushbu jarayonda viloyat Xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli umumta’lim maktablarida texnikumga o‘quvchilarni jalb qilish maqsadida tushuntirish ishlari tashkil etildi.

Shuningdek, texnikumda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazish rejalari Xalq ta’limi boshqarmasi bilan kelishib olindi.