“Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
2025-yil 1-may kuni Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda texnikumning professor-o‘qituvchilari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullar hamda o‘quvchilar faol ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlar ongida ma’naviy immunitetni shakllantirish, ularni turli yot g‘oyalardan ogoh etish, ekstremizm va radikalizm kabi salbiy illatlarga qarshi mafkuraviy barqarorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Davra suhbati davomida ma’ruzachilar tomonidan ilm-ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, yoshlarning tafakkurini boyitish, ularni sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirish borasida chuqur fikrlar bildirildi. Ta’kidlandiki, bugungi globallashuv davrida yoshlarni milliy g‘oyaga sodiq, vatanparvar ruhda tarbiyalash – eng muhim vazifalardan biridir.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va ularning har biriga batafsil javoblar berildi. Suhbat erkin va samimiy ruhda o‘tdi.





