Tashrif doirasida muhim kelishuvga erishildi.

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori, texnika fanlari doktori To‘laganov Baxrom Abduqobilovich Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmon texnikumning moddiy-texnik bazasi, o‘quv jarayonlari, amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan zamonaviy infratuzilma hamda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv chog‘ida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamda texnikum o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, o‘quv-uslubiy tajriba almashinuvi, kadrlar malakasini oshirish, shuningdek, yirik ilmiy-amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Mazkur tashrif ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va hududda malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.