Xalqaro hamkorlik yo‘lida yana bir muhim qadam!

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi hamda Zhejiang Construction Vocational and Technical College (Xitoy) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

🇺🇿🤝🇨🇳 Ushbu hujjat ikki tomonlama akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan:

-talabalar almashinuvi,
-o‘qituvchilar malaka oshirishi,
-qo‘shma ta’lim loyihalari,
-xalqaro konferensiyalar va musobaqalar,
-“Xitoy tili + kasbiy ko‘nikmalar” dasturi kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishni nazarda tutadi.

📚 Ushbu memorandum texnikumimizning xalqaro maydondagi obro‘sini oshirish, o‘quvchilarga xorijiy tajribani o‘rganish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Hamkorlik – taraqqiyot kafolati!