📣 Xalqaro seminar: Kasbiy taʼlimda samaradorlikni oshirish yo‘lida

2025-yil 13–15-may kunlari “Helvetas Swiss Intercooperation”ning Oʻzbekistondagi filiali tomonidan “Oʻzbekistonda kasbiy taʼlim islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” (VET4UZ) loyihasi doirasida “Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilarini o‘qitish samaradorligini oshirish” mavzusiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

📍 Tadbir Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanidagi “Aster” mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.

🔰 Mazkur nufuzli seminarda Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi direktori I.Boydavlatov ishtirok etdi.

Seminar davomida o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish, o‘quv jarayonini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish masalalari keng muhokama qilindi.

🔎 Ushbu tashabbus mamlakatimizda kasbiy ta’lim sifatini oshirishga, o‘qituvchilarning salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

O’QISHGA MARHAMAT !

O‘qish muddati- 2 yil

Kunduzgi ta’lim dual ta’lim

Davlat granti hamda to’lov kontrak asosida
➖*9 – *11-Sinf bitiruvchilari negizida

Batafsil: https://pubhtml5.com/tuutk/qbns/

✅*Texnikum ta’lim dasturlarini o’zlashtirib kerakli kredit ballarini to’plagan bitiruvchilar o’z yo’nalishi bo’yicha oliy ta’lim muassasasiga ikkinchi bosqichdan o’qishga kirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

🏢Bizning manzil: Guliston shahar, Bog’ishamol MFY, O’zbekiston shox ko’chasi

📞Murojaat uchun telefon raqamlar:
+998 91 500 15 34
+998 99 470 77 96


ПРИГЛАШАЕМ НА ОБУЧЕНИЕ!

➖ *Срок обучения – 2 года
➖ *Очная форма обучения (дуальное образование)
➖ *На основе государственного гранта и платного контракта
➖ *На базе выпускников 9-х и 11-х классов

Подробнее: https://pubhtml5.com/tuutk/qbns/

✅ *Выпускники, освоившие образовательные программы техникума и набравшие необходимые кредитные баллы, получают возможность поступить на второй курс в высшее учебное заведение по своему направлению.

🏢 Наш адрес: г. Гулистан, Махалля Боғишамол, проспект Узбекистон

📞 Контактные телефоны:
+998 91 500 15 34
+998 99 470 77 96

“Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

2025-yil 1-may kuni Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda texnikumning professor-o‘qituvchilari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullar hamda o‘quvchilar faol ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlar ongida ma’naviy immunitetni shakllantirish, ularni turli yot g‘oyalardan ogoh etish, ekstremizm va radikalizm kabi salbiy illatlarga qarshi mafkuraviy barqarorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Davra suhbati davomida ma’ruzachilar tomonidan ilm-ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, yoshlarning tafakkurini boyitish, ularni sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirish borasida chuqur fikrlar bildirildi. Ta’kidlandiki, bugungi globallashuv davrida yoshlarni milliy g‘oyaga sodiq, vatanparvar ruhda tarbiyalash – eng muhim vazifalardan biridir.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va ularning har biriga batafsil javoblar berildi. Suhbat erkin va samimiy ruhda o‘tdi.

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida shaxmat-shashka musobaqasi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 18-aprel kuni Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida talaba-yoshlar o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Mazkur tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning mantiqiy fikrlash salohiyatini oshirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.

Musobaqada texnikumning turli guruhlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar faol ishtirok etishdi. Shaxmat va shashka bellashuvlari qizg‘in va murosasiz ruhda kechdi. Ishtirokchilar o‘zlarining bilim va mahoratlarini namoyish etib, ko‘plab tomoshabinlarga zavq baxsh etdilar.

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi ta’lim darajalari to‘g‘risida maktab bitiruvchilari uchun master-klass o‘tkazdi

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi tomonidan yoshlarda kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ularni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish maqsadida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Jumladan, Guliston shahridagi 7 va 9-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lib o‘tgan ushbu master-klassda texnikum direktori I.Boydavlatov bitiruvchilariga O‘zbekiston ta’lim tizimidagi bosqichlar, kasb-hunar ta’limining o‘rni, imkoniyatlari hamda texnikumda mavjud yo‘nalishlar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Tadbir davomida:
➖Texnikumda mavjud yo‘nalishlar, qabul jarayoni, o‘qish muddati haqida ma’lumotlar berildi;
➖Bitiruvchilarning savollariga atroflicha javob qaytarildi;

Shu kabi targ‘ibot ishlari Sirdaryo viloyatidagi boshqa maktablarda ham davom ettirilmoqda.

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida targ‘ibot ishlari olib borildi.

📆 2025-2026-o‘quv yili qabuli doirasida Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi qabul bo‘yicha mas’ullari tomonidan belgilangan yo‘nalishlar va dual ta’lim tizimi bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

Ushbu jarayonda viloyat Xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli umumta’lim maktablarida texnikumga o‘quvchilarni jalb qilish maqsadida tushuntirish ishlari tashkil etildi.

Shuningdek, texnikumda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazish rejalari Xalq ta’limi boshqarmasi bilan kelishib olindi.

Sirdaryo nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi bilan dual ta’lim bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi va Sirdaryo nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi o‘rtasida «Nasos stansiyalari va nasos qurilmalari» kasbi bo‘yicha 27 nafar talabani dual ta’lim asosida o‘qitish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mazkur hamkorlik natijasida talabalarga sohaga oid amaliy bilim va ko‘nikmalarni bevosita ishlab chiqarish jarayonida o‘zlashtirish imkoniyati yaratiladi. Bu esa ularning kasbiy mahoratini oshirishga va kelajakda ish bilan ta’minlanishiga mustahkam zamin yaratadi.

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi va Sirdaryo meliorativ ekspeditsiyasi o‘rtasida «dual ta’lim» bo‘yicha kelishuvga erishildi

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi va Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufidagi Sirdaryo meliorativ ekspeditsiyasi o‘rtasida «Sug‘oriladigan yerlar melioratsiyasi tizimlari» kasbi bo‘yicha dual ta’lim asosida 16 nafar o‘quvchini o‘qitish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mazkur hamkorlik natijasida o‘quvchilar nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, sohaga oid ko‘nikmalarni bevosita ishlab chiqarish jarayonida o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Elektrogazpayvandlash yoʻnalishi tinglovchilari ishlab chiqarish amaliyotida

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi qoshidagi Malakali mutaxassislar tayyorlash markazida o‘quv markazining «Elektrogazpayvandlash» yo‘nalishida tahsil olayotgan 12-nafar tinglovchi «Sirdaryo Payvandchi» MChJ va «Sirdaryo Motor Serviss» MChJ korxonalarida ishlab chiqarish amaliyoti mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

Amaliyot jarayonida tinglovchilar real ish sharoitida payvandlash texnologiyalarini o‘rganib, metall konstruksiyalarni biriktirish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish va zamonaviy payvandlash uskunalaridan foydalanish bo‘yicha tajriba orttirmoqdalar. Mazkur mashg‘ulotlar ularning kelgusida malakali mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.

Kitob bilan hamnafas – ma’rifat sari intilish

Kitob inson tafakkurini boyituvchi, ma’naviyatini yuksaltiruvchi eng muhim manbalardan biridir. Shu ma’noda, Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish va mutolaaga rag‘batlantirish maqsadida “Kitob bilan hamnafas” nomli marafon tashkil etildi.

Mazkur tadbir doirasida “Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishining 2-kurs talabasi Sulaymonqulov Shohjahon mashhur “15 yoshli kapitan” kitobi taqdimotini o‘tkazdi. Ushbu taqdimot orqali ishtirokchilarga kitobning mazmuni va uning ta’limiy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida faol qatnashchilar rag‘batlantirildi hamda kitobxonlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari surildi. “Kitob bilan hamnafas” marafoni texnikumdagi bilimga chanqoq yoshlarni birlashtirib, ularning ma’naviy kamolotiga munosib hissa qo‘shgan muhim tadbirlardan biriga aylandi.