TEXNIKUM OLIY MAQSADI
Oliy maqsad — jamoani bitta maqsad sari bir tanu bir jon bo‘lish va do‘stona muhitni shakllanishiga yordam beradi.
Har qanday sohada faoliyat yuritadigan ishlar borki, albatta, jamiyatga qandaydir foydasi tegadi. Foydasi tegdimi, demak, yer yuzini obod qilish uchun kurashadi. Insonning jismoniy ehtiyoji bo‘lgani kabi, ruhiy ehti- yoji ham mavjud va shu kasbi bilan ham jismoniy, ham ruhiy ehtiyoji qondirilishi kerak. Oliy maqsad faoli-yatdan kelib turgan mablag‘dan emas, faoliyatning o‘zidan yuzaga keladi.
Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumining oliy maqsadi: Biz bilim va kasblarni o‘rgatish va tarqatish orqali, millat ravnaqi va taraqqiyotiga hamda butun insoniyat faravonligiga munosib hissa qo‘shishga intilamiz.
TEXNIKUM QADRIYATLARI
Qadriyat — siz uchun eng qimmatli va eng qadrli narsa hisoblanadi. Insonlarning qadriyatlari borligi ularning hurmati va obro‘sini ko‘tarib turadi. Ta’lim faoliyatida ham qadriyatlar bo‘lishi darkor. Aynan shu qadriyatlaringiz bo‘lgani evaziga ish beruvchilaringiz tayyorlagan kadringiz yoki xizmatingizni qadrlashadi.
Texnikum qadriyatlari shunchaki yozib qo‘yish uchun emas balki, unga barcha amal qilish uchun tashkil qilinadi.
Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumining qadriyatlari:
1.Halollik – Ishonchli, Shaffof, Adolatli
2.Professionallik – Ideal, Bilimli, Malakali, Ahloqli, Ma’naviyatli
3.Jamoaviylik – Birlashgan, Hurmatli, Sirdaryo AQT hurmati
4.Mijozlarga yo‘naltirilgan – Javobgar, Faol, Do‘stona, Sifat va kafolat
5.Inklyuziv – Ochiqlik, Qadrlash, Xilma-xillik, Quliy muhit, Rivojlanish imkoniyatlari
6.Ijodiy va Innovatsion – Doimiy takomillashtirish, Yangiliklarga ochiqlik, Raqobatbardosh, Ixtirochi va topqir.
7.Natijaviylik – Mas’ulyatli, Aniqlik, Javobgar.