Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi — Xitoyda!
🔹 Joriy yilning 10–15 iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasida ilk bor “O‘zbekiston–Xitoy kasbiy taʼlim forumi” tashkil etildi.
🌍 Ushbu nufuzli xalqaro forumda Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi direktori I.Boydavlatov ishtirok etdi va texnikum nomidan “Sino-Uzbek Workshop” — yaʼni “O‘zbekiston–Xitoy o‘quv ustaxonasi”ni tashkil etish bo‘yicha Anglashuv Memorandumi (MoU)ni imzoladi.
📑 Ushbu memorandum asosida:
🔸 Xitoy tomoni — ilg‘or kasbiy taʼlim dasturlari, texnik meʼyorlar va o‘qituvchilar bilan;
🔸 O‘zbekiston tomoni — zamonaviy infratuzilma va o‘quvchi-yoshlarni tayyorlash masʼuliyatini oladi. Batafsil… (https://arxitek.sirdaryokhtb.uz/index.php/2025/06/13/sirdaryo-arxitektura-va-qurilish-texnikumi-xitoyda/)
🎯 Maqsad — xalqaro standartlarga mos malakali mutaxassislar tayyorlash, texnologiyalar almashinuvi, va Xitoy sarmoyasi bilan ishlayotgan korxonalar uchun mahalliy kadrlar zaxirasini shakllantirishdir.





